Parti "Arsenal" bilan AQShga bormaydi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 99

"Arsenal" yarim himoyachisi Tomas Parti jamoaning qolgan a'zolari bilan AQShda mavsumoldi mashg'ulotlariga bormaydi. Jurnalist Garri Jeykobning so'zlariga ko'ra, futbolchi koronavirusga qarshi emlanmagani uchun jamoa bilan ucha olmaydi.
Shuningdek, yozda “Arsenal”ni tark etishi mumkin bo'lgan yarim himoyachi Folarin Bolagun va darvozabon Bernd Leno ham jamoa bilan AQShga uchmaydi. Hozirda futbolchi uchun talab qilinadigan 15 million evroni to'lashdan bosh tortayotgan darvozabonni transferga Londonning boshqa bir klubi "Fulxem" qiziqmoqda.
Eslatib o'tamiz, Tomas Parti 2020 yilning yozida "Atletiko Madrid"dan "Arsenal"ga o'tgan edi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
220