"Manchester Yunayted" rahbariyati Dembeleni jamoaga olib kelmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 162

“Lion” hujumchisi Mussa Dembele faoliyatini Angliyada davom ettirishi mumkin. Futbolchi "Manchester Yunayted" qiziqishlari doirasida bo'lib turibdi. Bu haqda Media Foot xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, jamoadagi kelajagi so'roq ostida bo'lgan Krishtianu Ronalduning o'rnini Massa Dembele egallashi mumkin. Portugaliyalik sotilmagani haqidagi xabarlarga qaramay, u mavsumoldi turda jamoa bilan birga uchmagan.
Dembelening "Lion" bilan shartnomasi 2023 yilning yoziga qadar amal qiladi. Frantsiyalik futbolchi o'tgan mavsumda 35 ta o'yinda maydonga tushib, 22 ta gol urdi va 5 ta golga assistentlik qildi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
242