Kulibalining keyingi manzili aniq
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 139

"Napoli"ning senegallik himoyachisi Kalidu Kulibali "Chelsi"ga o'tishga yaqin turibdi.
Insayder Nikolo Skiraning xabar berishicha, Kulibali London klubi bilan shaxsiy shartnoma borasida kelishib olgan.
Shartnoma 2025 yilgacha amal qiladi. Himoyachi mavsumiga 8 million evro oladi.
Kelishuv yaqin kunlarda yakunlanishi kutilmoqda. "Chelsi" "Napoli" uchun rasmiy taklif tayyorlamoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
229