"Milan"ning yana bir himoyachisi jamoani tark etadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 101

Jurnalist Nikolo Skiraning xabar berishicha, "Spetsiya" "Milan" himoyachisi Mattia Kaldaraga qiziqish bildirmoqda.
Manbaga ko'ra, futbolchi 2022/23 yilgi mavsum oxirigacha 3 million evro evaziga sotib olish imkoniyati bilan "Spetsiya"ga ijara asosida o'tishi mumkin.
28 yoshli italiyalik futbolchi ertaga, 13 iyul kuni transferni yakunlash uchun tibbiy ko'rikdan o'tishi kutilmoqda.
2021/22 yilgi mavsumda Kaldara "Venetsiya" safida ijara asosida o'ynadi, jamoa safida 33 ta o'yinda 1 ta gol va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Transfermarkt.com portali himoyachini 3,5 million evroga baholamoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
208