To'qqiz nafar futbolchi "PSJ" bilan Yaponiyaga safar qilmaydi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 104

Mavsum oldi tayyorgarlik doirasida "PSJ" Yaponiyaga safar qiladi.
L'Equipe xabariga ko'ra, jamoaning yangi bosh murabbiyi Kristof Galte o'zi bilan birdaniga 9 nafar futbolchini olib ketmaydi, klub yozgi transfer oynasida ulardan qutulishni rejalashtirgan.
Ushbu ro'yxatga Mauro Ikardi, Abdu Diallo, Idrissa Gueye, Julian Draksler, Ander Errera, Jorjino Veynaldum, Leven Kurzava, Rafinya va Serxio Riko kiritilgan.
Eslatib o'tamiz, Maurisio Pochettino o'rniga "PSJ" bosh murabbiyi sifatida Kristof Galte tayinlangan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
205