Jeyms: "Chelsi"da menga hama narsa yoqadi"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 79

"Chelsi"ning o'ng qanot himoyachisi Ris Jeyms klubdagi kelajagi haqida fikr bildirdi.
Mish-mishlarga ko'ra, "Real" 22 yoshli futbolchini faol ravishda kuzatib bormoqda, ammo inglizning o'zi hech qaerga ketishni rejalashtirmayapti.
"Men ham shunday deb o'ylashni istardim (Jeymsning "Chelsi"da uzoq muddatli kelajagi bormi degan savolga javobi). Men "Chelsi" muxlisi sifatida o'sganman va bu erda, har doim qo'llab-quvvatlagan klubda nom qozonganman. Nima uchun biror narsa o'zgarishi kerakligini tushunmayapman. Menga "Chelsi"da hamma narsa yoqadi" - dedi futbolchi BBC bilan suhbatda.
Ris Jeymsning londonliklar bilan shartnomasi 3 yildan keyin tugaydi. Matbuot xabarlariga ko'ra, klub allaqachon istiqbolli futbolchi bilan yaxshilangan shartlar asosida shartnomani uzaytirish ustida ishlamoqda.

Bosh sahifaga
198