"Nyukasl" rekord darajadagi taklifni tayyorlamoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 175

The Telegraph nashri xabariga ko'ra, "Nyukasl" "Real Sosedad" hujumchisi Aleksandr Isaakni o'z safiga qo'shib olmoqchi.
Manba bergan xabarga ko'ra, "hakkalar" ispanlar uchun rekord taklif tayyorlamoqda. "Nyukasl" 22 yoshli futbolchi uchun 50 million funt to'lashi mumkin, bu esa uni klub tarixidagi eng qimmat transferga aylantiradi.
Britaniyaliklar Saudiya Arabistonidan yangi xo'jayinlar kelganidan so'ng qishda allaqachon transfer rekordini yangilagan. "Nyukasl" "Lion" yarim himoyachisi Bruno Gimaraesh uchun 40 million to'ladi.
Inglizlar "Real Sosedad" rahbariyati bilan ehtimoliy kelishuv borasida allaqachon bog'lanishgan.
Isak o'tgan mavsumda La Liganing 31 o'yinida 6 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Bosh sahifaga
187