"Ayaks" Veyndal transferini e'lon qildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 115

Amsterdamning “Ayaks” klubi matbuot xizmati rasmiy saytida "AZ Alkmaar" himoyachisi Ouen Veyndalning transferi haqida xabar berdi.
Transfer summasi 10 million evroni tashkil qildi. Futbolchi klub bilan 2027 yilning yoziga qadar shartnoma imzolagan.
22 yoshli Veyndal 2017 yildan beri AZda faoliyat olib borayotgan edi. Umuman olganda, u klub uchun barcha musobaqalarda 142 ta o'yin o'tkazib, 4 ta gol urdi va 27 ta golli uzatmani amalga oshirdi. U Niderlandiya terma jamoasi safida 11 ta o'yin o'tkazgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
271