Rasman! "Milan" sardori "Latsio" bilan shartnoma imzoladi (foto)
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 141

Himoyachi Alessio Romanoli rasman "Latsio"ga o'tdi. U Rim klubi bilan shartnoma imzoladi, deb xabar beradi klub rasmiy sayti.
Avvalroq kelishuv 2027 yilgacha hisoblab chiqilishi xabar qilingandi. Futbolchining maoshi yiliga 3,5 million evroni tashkil qiladi.
Eslatib o'tamiz, Romanoli "Milan"da 2015 yildan buyon o'ynab kelayotgan edi. “Rossonerilar” futbolkasida etti yil davomida “Roma” tarbiyalanuvchisi 247 ta o'yin o'tkazib, 10 ta gol urgan.
Romanolining "qizil-qoralar" bilan shartnomasi shu yilning yozida yakuniga etgan. Himoyachi o'tgan mavsumda "Milan" safida 26 ta o'yinda maydonga tushib, bitta gol va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.

Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
254