Rasman! Runi sobiq jamoasida ish boshladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 107

Angliya terma jamoasining sobiq sardori Ueyn Runi "Di Si Yunayted"ga yangi bosh murabbiy etib tayinlandi, deb xabar beradi klub sayti.
Runi ish vizasini olgach, klubga qo'shiladi va bosh murabbiy vazifasini bajaradi. Uning murabbiylar shtabi keyinroq e'lon qilinadi.
Ayni damda ushbu klub Shimoliy Amerika oliy ligasi Sharqiy konferensiyasi jadvalida 13-o'rinda bormoqda.
Ueyn Runi 24 iyun kuni "Derbi Kaunti" bosh murabbiyi lavozimini tark etdi.
Eslatib o'tamiz, Runi futbolchilik faoliyati yakunida "Di Si Yunayted"da o'ynagan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
253