"Napoli" "Milan" bilan bir futbolchi uchun kurashadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 108

"Latsio" himoyachisi Franchesko Acherbi faoliyatini "Napoli"da davom ettirishi mumkin, deb yozdi jurnalist Janluka Di Martsio o'z saytida.
Manbaga ko'ra, 34 yoshli italiyalikning transfer summasi taxminan 5 million evroni tashkil qilishi mumkin. Transfermarkt portali futbolchining narxini 4 million evroga baholamoqda.
Oldinroq "Milan" yozda "Latsio"ni tark etishi mumkin bo'lgan Acherbiga qiziqish bildirayotgani xabar qilingandi.
Acherbi o'tgan mavsumda 36 o'yinda maydonga tushib, 4 gol va 2 golga assistentlik qilgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
250