"Chelsi" va "Yuventus" Kulibaliga qancha maosh to'lashga tayyorligi ma'lum bo'ldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 104

"Chelsi" va "Yuventus" "Napoli" himoyachisi Kalidu Kulibali uchun kurashmoqda, deya xabar beradi insayder Nikolo Skira.
Ingliz klubi futbolchi uchun 40 million evro taklif qilishga tayyor. “Ko'klar” futbolchining o'ziga yiliga 8 million evro to'lashga va u bilan 2025-yilgacha shartnoma imzolashni taklif qilmoqda.
"Yuventus" senegallik futbolchiga mavsum uchun 7 million evro va 3 yillik shartnoma taklif qilmoqda. Biroq “Napoli” himoyachini Turin klubiga o'tmaslikni ma'qul ko'radi.
Kulibalining “Napoli” bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilning iyunigacha amal qiladi.
2021/22 yilgi mavsumda himoyachi barcha musobaqalarda 34 ta o'yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
252