Kurtua: "Orzuim amalga oshdi"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 110

Belgiya terma jamoasi darvozaboni Tibo Kurtua 2018 yilda Chempionlar ligasida g'olib chiqish niyatida “Real”ga o'tgan edi, biroq u bunga atigi 4 yil o'tib, o'tgan mavsumdagina erisha oldi.
Madridliklar finalda "Liverpul"ni mag'lub etishdi, endi Kurtua orzusining amalga oshganini aytdi.
"Real Madrid" har qanday vaziyatda ham echimni topa oladi. Tez orada Evropa Superkubogi uchun kurashishimiz kerak.
Dunyoning eng yaxshi klubi bilan Chempionlar ligasida g'alaba qozonish men uchun katta sharaf va orzuimning amalga oshishi edi.
G'alabadan keyin ko'plab tabriklar oldim", - deya Kurtua so'zlarini keltiradi Ispaniyaning Marca nashri.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
369