Kulibalining agenti Italiyaga uchib ketdi. Futbolchining "Chelsi" va "Yuventus"ga transferi muhokama qilinadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 94

“Napoli” himoyachisi Kalidu Kulibalining agenti Fali Ramadani Italiyaga etib keldi. U 30 yoshli futbolchiga da'vogarlik qilayotgan "Chelsi" va "Yuventus" vakillari bilan muzokaralar olib boradi, deb xabar beradi Sky Sports Italia.
Avvalroq senegallik futbolchi "Napoli"ni tark etsa, Italiyada qolishni istamasligi haqida ma'lumotlar paydo bo'lgandi.
Kulibalining “Napoli” bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilning iyunigacha amal qiladi. Transfermarkt portali futbolchining narxini 35 million evroga baholamoqda.
2021/22 yilgi mavsumda himoyachi barcha musobaqalarda 34 ta o'yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
376