"Arsenal"ga bunday miqdorda pul to'lashmoqchi emas
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 165

Sky Germany jurnalisti Florian Plettenbergning xabar berishicha, "Fulxem" "Arsenal" darvozaboni Bernd Lenoni o'z safiga qo'shib olish bo'yicha muzokaralar olib bormoqda.
Manbaga ko'ra, "kanonirlar" 30 yoshli germaniyalik uchun 11 million evro istamoqda. "Fulxem" futbolchi uchun bunday summani to'lashga tayyor emas, darvozabonning o'zi esa tomonlar kelishuvga erishib, kelishuv amalga oshishiga umid qilmoqda.
Leno "Arsenal"da 2018 yilning iyulidan beri to'p tepadi. 2021/22 yilgi mavsumda darvozabon jamoa safida 8 o'yinda 11 ta gol o'tkazib yubordi va 3 ta uchrashuvda darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi. Transfermarkt.com portali nemis futbolchisini 8,1 million evroga baholamoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
194