Nihoyat "Lids" "Barselona" taklifini qabul qildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 177

"Lids" hujumchisi Rafinya Diaz "Barselona"ga o'tadi, deb yozadi jurnalist Fabritsio Romano Twitter sahifasida.
Manba bergan xabarga ko'ra, ingliz klubi kataloniyaliklarning 58 million evrolik taklifini qabul qilgan.
Qayd etilishicha, yana 10 million evroni “tovuslar” bonus sifatida oladi.
25 yoshli braziliyalikning transferi bo'yicha muzokaralar so'nggi bosqichda.
Rafinya o'tgan mavsumda "Lids" safida 35 ta o'yinda maydonga tushib, 11 ta gol urdi va 3 ta golga assistentlik qildi. Uning ingliz klubi bilan shartnomasi 2024 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
200