Mxitaryan "Inter"da qaysi raqamda harakat qilishi ma'lum bo'ldi (foto)
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 122

Armanistonlik yarim himoyachi Genrix Mxitaryan Milanning “Inter” klubida 22-raqamli libosda o'ynaydi, deb xabar berdi Italiya klubi matbuot xizmati Twitter sahifasida.
“Inter” 1 iyul kuni 33 yoshli Mxitaryan bilan shartnoma imzolaganini e'lon qildi. Genrix bilan kelishuv ikki mavsumga amal qiladi.
Avvalroq Mxitaryan "Roma" futbolchisi bo'lgan, u 2019 yildan buyon rimliklar sharafini himoya qilib kelayotgan edi. "Bo'rilar" safida yarim himoyachi 117 o'yinda 29 ta gol urdi va 28 ta golli uzatmani amalga oshirdi. U jamoa bilan birgalikda birinchi Konferentsiyalar ligasida g'olib chiqdi.

Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
192