"Yuventus" De Ligtga o'rinbosarlar topib qo'ydi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 143

"Yuventus" "Vilyarreal" himoyachisi Pau Torresga qiziqish bildirmoqda, deb xabar beradi Sky Sports.
Manba bergan xabarga ko'ra, 25 yoshli ispaniyalik himoyachi Matteys de Ligtning "Bavariya"ga ketishi ehtimoli tufayli Turin klubining qisqa ro'yxatiga kiritilgan.
Qayd etilishicha, “byankonerilar” avvaliga yangi himoyachi topib, shundan keyingina myunxenliklar klubi bilan transferni amalga oshirishga kirishmoqchi.
Torresdan tashqari “Napoli”dan Kalidu Kulibali, “Torino”dan Gleyson Bremer, “Arsenal”dan Gabriel va “Monako”dan Benoit Badiashile “Keksa sinora”ga yangi kelishi mumkin bo'lgan futbolchilar ro'yxatida.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
205