Dani Alves faoliyatini "Amerika"da davom ettirishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 96

"Barselona"ning sobiq futbolchisi Dani Alves faoliyatini Meksika chempionatida davom ettirishi mumkin.
"Amerika" klubi 39 yoshli himoyachiga mavsumiga 3 million evrolik shartnoma taklif qilmoqda. Agar braziliyalik shartnoma imzolasa, u Meksika chempionatining eng ko'p maosh oluvchi to'rtinchi futbolchisiga aylanadi.
Qolaversa, Alvesga "Atletiko Paranaense" qiziqayotgani haqida ma'lumotlar bor edi.
Alves yozda Kataloniya klubi futbolchi bilan shartnomani uzaytirishdan bosh tortgani uchun "Barselona"ni tark etgandi.
Alves o'tgan mavsumda La Ligada 14 ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 3 ta golga assistentlik qildi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
195