Konte: "Tottenxem"da qolish oson edi"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 131

"Tottenxem" bosh murabbiyi Antonio Konte jurnalistlarga London klubida faoliyatini davom etish qarori u uchun qiyin bo'lmaganini aytdi.
"Men doim aytganman, mavsum yakunida klub bilan gaplashish va klub qaror qabul qilishi men uchun juda muhim edi. Mening katta ambitsiyalarim bor. O'ylaymanki, o'tgan mavsumda kuchli to'rtlikdan joy olish biz uchun yaxshi yutuq, ammo bu hali boshlanishi", dedi Konte Janubiy Koreyadagi mavsumoldi yig'inida matbuot anjumanida.
Italiyalik mutaxassis yozgi mavsum oralig'ida tarkibni kuchaytirish uchun kafolat olish muhimligini ta'kidladi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
195