"Chelsi" Gnabriga jiddiy qiziqish bildirmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 105

Myunxenning “Bavariya” klubi hujumchisi Serj Gnabri faoliyatini Angliyada davom ettirishi mumkin, deb xabar beradi The Guardian.
Manbaga ko'ra, 26 yoshli germaniyalik futbolchiga "Chelsi" da'vogarlik qilmoqda. Avvalroq, futbolchiga "Arsenal" va "Manchester Yunayted" klublari qiziqish bildirayotgani haqida xabar berilgandi.
Oldinroq "Bavariya" Gnabrini asosiy tarkibdan chiqarib yuborishi mumkinligi, chunki futbolchi shartnomani uzaytirishdan bosh tortgani haqida xabar berilgandi.
Gnabri 2018 yildan beri "Bavariya"da to'p tepadi. Hujumchi o'tgan mavsumda 45 o'yin o'tkazib, 17 gol va 10 golga assistentlik qilgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
242