Romanoli "Latsio" bilan shartnoma imzolash maqsadida Rimga etib bordi (foto)
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 95

"Milan"ning sobiq sardori Alessio Romanoli "Latsio" bilan shartnoma imzolash uchun Rimga keldi.
Rimliklar futbolchiga 2027 yilgacha mo'ljallangan shartnoma taklif qilishga tayyor ekani ma'lum qilingandi. 27 yoshli italiyalikning maoshi mavsumda 3 million evroni tashkil qilishi mumkin.
Eslatib o'tamiz, Romanoli "Milan"da 2015 yildan buyon o'ynab kelayotgan edi. “Rossonerilar” jamoasida etti yil davomida “Roma” tarbiyalanuvchisi 247 ta o'yin o'tkazib, 10 ta gol urgan.
Romanolining "qizil-qoralar" bilan shartnomasi shu yilning yozida yakuniga etgan. O'tgan mavsumda himoyachi “Milan” safida barcha turnirlar doirasida 26 ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta gol va bitta golli uzatmani amalga oshirgan.

Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
280