"Napoli" APLdan himoyachi sotib olish borasida kelishuvga erishdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 121

"Napoli" "Brayton" himoyachisi Leo Estigorni sotib olishga rozi bo'ldi, deya xabar beradi jurnalist Janluka Di Martsio.
Norvegiya terma jamoasining 22 yoshli futbolchisi neapolliklarga 5 million evroga tushadi. Bundan tashqari, “Brayton” futbolchining keyingi sotuvidan foiz oladi. Yaqin kunlarda Estigor tibbiy ko'rikdan o'tish uchun Italiyaga uchib ketadi.
Himoyachi 2021/22 yilgi mavsumning ikkinchi yarmini ijara asosida “Jenoa”da o'tkazdi. Jamoa uchun 14 ta o'yinda 1 ta gol urgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
238