"Ayaks" asosiy raqobatchisining sardori bilan shartnoma imzolaydi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 103

Jurnalist Fabritsio Romanoning xabar berishicha, "Ayaks" AZ sardori Ouen Veyndal bilan shartnoma imzolashga rozi bo'ldi.
22 yoshli chap qanot himoyachisi 2027 yilga qadar shartnoma imzolaydi. Tomonlar kelishuv haqida tez orada e'lon qilishadi.
O'tgan mavsumda Veyndal AZ safida barcha musobaqalarda 43 ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 12 ta golli uzatmani amalga oshirdi. U "AZ Alkmaar" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi.
Transfermarkt portali futbolchini 12 million evroga baholamoqda. Himoyachining klub bilan shartnomasi 2024 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
239