"PSJ" yana bir hujumchi bilan kelishib oldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 131

"Reyms" hujumchisi Yugo Ekitike "PSJ"ga o'tmoqchi, deb yozmoqda jurnalist Adrien Grenier Twitter sahifasida.
Manbaning xabariga ko'ra, 20 yoshli frantsiyalik futbolchi Parij klubiga o'tishga rozi bo'lgan.
Oldinroq "Nyukasl" hujumchi uchun 36 million evro va yana 10 millionni bonus sifatida taklif qilgani, biroq u Angliyaga ketishdan bosh tortgani haqida xabar berilgandi.
Qayd etilishicha, "PSJ" bundan Ekitike narxini tushirish umidida foydalanmoqchi.
Ekitike o'tgan mavsumda "Reyms" safida 26 o'yinda 11 ta gol urdi va 4 ta golga assistentlik qildi. Hujumchining klub bilan shartnomasi 2024 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
204