A Seriya debyutanti "Napoli" hujumchisini ijaraga olmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 82

"Montsa" "Napoli" hujumchisi Andrea Petanyani o'z safiga qo'shib olmoqchi, deb yozmoqda jurnalist Nikolo Skira o'zining Twitter sahifasida.
A Seriyada debyut mavsumini o'tkazadigan jamoa neapolliklarga o'yinchi ijarasi uchun 3 million taklif qilmoqda. Bundan tashqari, "Montsa" agar klub Italiya chempionati oliy divizionida qolsa, futbolchini 10 million evroga sotib olish huquqini qo'lga kiritmoqchi.
O'tgan mavsumda Petanya 32 ta o'yin o'tkazib, 4 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi. 27 yoshli italiyalikning "Napoli" bilan shartnomasi 2024 yilning iyunigacha amal qiladi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
201