"Inter" Sanchesdan qutulish uchun katta pul to'lashga tayyor
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 87

Milanning “Inter” klubi rahbarlari chililik hujumchi Aleksis Sanches bilan hamkorlik qilishdan manfaatdor emas. "Neradzurrilar" yozda futbolchidan qutulmoqchi.
Sportitalia xabariga ko'ra, milanliklar futbolchiga yillik maoshining 65 foizi miqdorida ishdan bo'shatish nafaqasini kafolatlashga tayyor. Shu tariqa, tomonlar rozi bo'lsa, Aleksis taxminan etti million evro oladi.
Forvardning “Inter” bilan amaldagi mehnat shartnomasi muddati 2023 yilning o'rtalariga qadar hisoblangan. Hujumchining bozor narxi 3,5 million evroga baholanmoqda.
Aleksis o'tgan mavsum A Seriyaning 27 o'yinida 5 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
199