Asensio tanlov qildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 133

Ispaniyalik vinger Marko Asensio "Real"ni tark etishga shoshilmayapti. Insayder Alberto Pereyraning so'zlariga ko'ra, yarim himoyachi "qirollik klubi" bilan yangi shartnoma imzolashga umid qilmoqda.
Eslatib o'tamiz, Markoning "qaymoqranglilar" bilan amaldagi shartnomasi kelasi yilning o'rtalariga qadar tuzilgan. OAVda Asensioga Italiya va Angliyadan qiziqish borligi haqida mish-mishlar tarqalmoqda. "Milan" va "Liverpul" ispaniyalikni o'z safiga qo'shib olmoqchi.
Yarim himoyachi 2015 yilning yozidan buyon Madridda o'ynaydi. Uning transfer narxi 40 million evro.
Ispaniya chempionatining so'nggi mavsumida 31 ta o'yinda Asensio 10 ta gol urdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
246