"Barselona" hali hamon chap qanot himoyachisini kuchaytirishni maqsad qilgan
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 127

"Selta" himoyachisi Xavi Galan faoliyatini "Barselona"da davom ettirishi mumkin, deb xabar beradi Mundo Deportivo.
Manbaga ko'ra, Angliyaning "Chelsi" klubi himoyachisi Markos Alonsoning transferi muvaffaqiyatsizlikka uchragan taqdirda "Barselona" Galanni sotib oladi.
"Selta" futbolchisi kataloniyaliklar bosh murabbiyi Xaviga shaxsan ma'qul kelgan. Vigo klubi Galan bilan 18 million evro evaziga xayrlashishga tayyor.
O'tgan mavsumda 27 yoshli futbolchi "Selta" safida 39 ta o'yinda maydonga tushib, 3 ta golga assistentlik qilgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
256