"Barselona" shu hafta Levandovskini qo'lga kiritishiga ishonmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 111

"Barselona" "Bavariya" hujumchisi Robert Levandovskini qo'lga kiritish borasidagi harakatlaridan voz kechmayapti.
Jurnalist Jerar Romeroning tvitterda yozishicha, “Barselona” “Bavariya” bilan bog'lanib, yakuniy taklif bilan chiqqan. Kataloniyaliklar bu taklif qabul qilinishiga va polyak shu hafta oxirigacha "Barselona" futbolchisiga aylanishiga ishonchi komil.
Levandovskining "Bavariya" bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. Polyakning o'zi transferga umid qilishda davom etmoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
249