O'zil turk klubini tark etadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 97

Yarim himoyachi Mesut O'zil va “Fenerbaxche” o'zaro kelishuvga ko'ra shartnomani bekor qilishga kelishib oldi, deb xabar beradi NTV Spor.
Germaniyalik yarim himoyachi bosh murabbiy vazifasini bajaruvchi Ismoil Kartal bilan janjallashib qolganidan so'ng mart oyidan buyon maydonga tushmayapti.
“Fenerbaxche”ning yangi bosh murabbiyi Jorje Jezush ham 33 yoshli yarim himoyachini o'z rejalariga kiritmadi.
2021/22 yilgi mavsumda O'zil "Fenerbaxche" safida barcha musobaqalarda 26 ta o'yinda qatnashib, 9 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
245