Mertens APLning ikki klubidan taklif oldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 118

Hujumchi Dris Mertens faoliyatini APL klublaridan birida davom ettirishi mumkin. Daily Mail xabariga ko'ra, unga "Lids" va "Nyukasl"dan takliflar tushgan.
Mertensning "Napoli" bilan shartnomasi shu yilning yozida yakuniga etadi. Neapolliklar klubi belgiyalik futbolchiga yiliga 2,5 million evro maosh bilan yangi shartnoma taklif qilganiga qaramay, Mertens Italiya jamoasini tark etishga qaror qildi.
Avvalroq, qanot hujumchisining vakillari uning xizmatlarini bir qancha klublarga, jumladan "Roma" va "Marsel"ga ham taklif qilgani haqida ma'lumotlar paydo bo'lgandi.
Mertens o'tgan mavsumda "Napoli" safida 37 ta o'yinda maydonga tushib, 13 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
193