Dani Alves AQSh klubi bilan shartnoma imzolashga yaqin turibdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 113

Braziliyalik himoyachi, tarixdagi eng titulli futbolchi Dani Alves MLS klubiga o'tishi mumkin. Bu haqda Marca xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, "Sietl Sanders" 39 yoshli himoyachiga da'vogarlik qilmoqda. Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyi Tite futbolchiga Qatarda bo'lib o'tadigan jahon chempionatiga borish uchun Amerika jamoasiga qo'shilishni tavsiya qildi.
Shuningdek, shu yozda “Barselona” bilan shartnomasini yakunlagan Alvesh faoliyatini La Ligada davom ettirishi mumkin. Uning xizmatlariga Ispaniya chempionatining boshqa klublari ham qiziqish bildirmoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
176