Rafinya "Barselona" bilan besh yillik shartnoma borasida kelishib oldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 128

"Lids" hujumchisi Rafinya "Barselona"ga o'tishga har qachongidan ham yaqinroq.
Jurnalist Nikolo Skiraning tvitterda yozishicha, 25 yoshli braziliyalik allaqachon kataloniyaliklar bilan 2027 yilgacha mo'ljallangan shartnomaga kelishib olgan. Rafinyaning maoshi mavsumda 6 million evroni tashkil qilgan. "Lids" bu transfer uchun "Barselona"dan taxminan 55 million evro oladi.
Avvalroq, Rafinya Kataloniya klubiga kelishuvni yakunlash uchun 2 kun muhlat bergani, shundan so'ng u bor e'tiborini "Chelsi"ga qaratishga va'da bergani xabar qilingandi.
2021/22 yilgi mavsumda Rafinya “Lids” safida Premer-ligada 35 ta o'yinda maydonga tushib, 11 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
206