"Milan" hujumchisining ishtahasi "karnay"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 144

"Milan" hujumchisi Rafael Leauning manfaatlarini himoya qiluvchi agent Jorje Mendesh Italiya klubidan yangi shartnoma bo'yicha mijozining maoshini sezilarli darajada oshirishni talab qilmoqda.
2024 yilning yozida tugaydigan amaldagi shartnomaga ko'ra, Leau har mavsumda 1,5 million evro maosh oladi. "Milan" 22 yoshli portugaliyalik futbolchiga yiliga 4,5 million evro maosh oladigan yangi shartnoma taklif qildi. Biroq, Mendesh o'z mijozi uchun mavsumiga 7 million evro maosh olishni istamoqda, buni esa "Milan" to'lay olmaydi.
Bundan tashqari, Mendesh “rossonerilar” da'vogarlik qilayotgan “Lill” yarim himoyachisi Renatu Sansheshning ham manfaatlarini himoya qiladi. "Milan" unga yiliga 3,5 million evro maosh bilan shartnoma taklif qilgan, Mendesh esa mijoz uchun 5 million maosh olmoqchi.
2021/22 yilgi mavsumda Leau “Milan” safida A Seriyaning 34 ta o'yinida maydonga tushib, 11 ta gol urdi va 10 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Mavsum yakunida u Italiya chempionatining eng yaxshi futbolchisi sifatida tan olindi.

Bosh sahifaga
187