"Chelsi" Upamekano, De Ligt yoki Kundeni sotib olmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 121

Evening Standard xabariga ko'ra, "Chelsi" yozgi transfer oynasida kamida ikkita markaziy himoyachini sotib olmoqchi.
Manbaga ko'ra, London klubi "Bavariya"dan Dayot Upamekano, "Yuventus"dan Matteys de Ligt va "Sevilya"dan Jyul Kunde qiziqish bildirmoqda.
Qayd etilishicha, londonliklar xo'jayini Todd Boeli de Ligtning transferi borasida muzokaralar olib borgan, biroq klub "Bavariya"dan jiddiy raqobat borligini biladi.
Shu bilan birga, 22 yoshli niderdanding Myunxen klubiga o'tishi Upamekanoning ketishiga hissa qo'shishi mumkin.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
249