"Real" hujum chizig'iga kutilmagan nomzod topdi. Uning narxi 80 million evro
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 304

"Real" klubi "Real Sosedad" va Shvetsiya terma jamoasi hujumchisi Aleksandr Isakga qiziqish bildirmoqda, deya xabar beradi Fichajes.
Manbaga ko'ra, "qirollik klubi" yozgi transfer oynasida futbolchini sotib olish variantini ko'rib chiqmoqda. Avvalroq "Sosedad" hujumchini 80 million evroga baholayotgani xabar qilingandi.
22 yoshli Isak o'tgan mavsumda "Real Sosedad" safida barcha turnirlarda 39 ta o'yinda maydonga tushib, 10 ta gol urdi va 3 ta golga assistentlik qildi. Uning klub bilan shartnomasi 2026 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
249