Kunde uchun kurashga Manchester klubi ham qo'shildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 125

"Manchester Siti" "Sevilya" va Frantsiya terma jamoasi himoyachisi Jyul Kunde uchun kurashga kirishdi. Bu haqda Mundo Deportivo nashri xabar berdi.
Manbaning xabariga ko'ra, ingliz klubi yozgi transfer oynasida futbolchini sotib olmoqchi. Oldinroq "Sevilya" himoyachisini 60 million evroga baholayotgani xabar qilingandi. Eslatib o'tamiz, frantsiyalik futbolchiga "Chelsi" va "Barselona" ham qiziqish bildirmoqda.
23 yoshli Kunde o'tgan mavsumda andalusiyaliklar safida barcha turnirlarda 44 ta o'yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning klub bilan shartnomasi 2024 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
254