"Vest Xem"ni tekinga tark etgan Yarmolenko vataniga qaytadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 104

Ukraina terma jamoasi hujumchisi Andrey Yarmolenko Kievning “Dinamo”siga qaytadi.
Xabarlarga ko'ra, futbolchi Kiev klubi bilan shartnoma shartlarini kelishib olgan. Hujumchi erkin agent, shuning uchun "Dinamo" uni tekinga o'z safiga qo'shib oladi. Avvalroq u 2007 yildan 2017 yilgacha Kiev jamoasida o'ynagan.
32 yoshli Yarmolenko o'tgan mavsumda "Vest Xem" safida to'p tepgan va klub safida barcha turnirlarda 32 ta o'yinda maydonga tushib, 3 ta gol va 3 ta golli uzatmani amalga oshirgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
264