"Milan" "Chelsi" bilan kelisha olmayapti
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 104

"Chelsi" qanot hujumchisi Xakim Ziesh faoliyatini "Milan"da davom ettirishi mumkin, deb xabar beradi Tuttosport.
Italiya klubi yarim himoyachini ijaraga olmoqchi, biroq futbolchining maoshini to'liq to'lashga tayyor emas. Hozirda Ziesh "Chelsi"da mavsumiga 6 million evro oladi, milanliklar 4 million to'lashga tayyor.
Avvalroq, milanliklar ijara uchun 5 million evro to'lashga tayyor ekani xabar qilingandi.
2021/22 yilgi mavsumda qanot hujumchisi barcha musobaqalarda 44 ta o'yinda 8 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
180