"Bavariya" sport direktori Turinga yo'l oldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 92

"Bavariya" sport direktori Hasan Salihamidjich 11 iyul, dushanba kuni Turinga uchib, "Yuventus" himoyachisi Matteys de Ligtning transferi borasida muzokaralarni boshlaydi, deb xabar beradi Bild.
Turin klubi 22 yoshli futbolchi uchun taxminan 80 million evro olmoqchi.
Qayd etilishicha, himoyachi Myunxen klubiga o'tsa, yiliga 17-19 million evro maosh olishi mumkin bo'ladi.
De Ligt o'tgan mavsumda turinliklar safida 42 ta o'yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Himoyachining klub bilan shartnomasi 2024 yilning 30 iyuniga qadar amal qiladi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
202