A Seriya debyutanti Suaresga taklif bilan chiqdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 125

Hujumchi Luis Suares "Montsa"dan taklif oldi, deb xabar beradi Sportitalia.
Klub direktori Andriano Galliani 35 yoshli urugvaylik futbolchi bilan shaxsan muzokara olib borgan. Suaresga 5 million evro maosh bilan bir mavsumlik shartnoma taklif qilinmoqda.
Luis Suares erkin agent va 2021/22 yilgi mavsum oxirida "Atletiko"ni tark etdi. O'tgan mavsumda hujumchi jamoasi safida barcha musobaqalarda 45 o'yinda 13 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Iyun oyi oxirida "River Pleyt" urugvaylik futbolchiga yiliga 3 million evro maosh bilan shartnoma taklif qilgani xabar qilingandi. Biroq Suares yozda "River"ga o'tmasligini aytdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
182