"Chelsi" himoyachisi uchun qancha so'rayapti?
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 160

Secar Aspilikueta "Barselona" bilan ikki yillik foydali shartnoma bo'yicha kelishib oldi, buning natijasida u "Chelsi"dan ko'proq tovon puli undirib oladi.
Endi Kataloniya klubi londonliklar bilan muzokara olib borishi kerak. Evening Standard nashrining xabar berishicha, “aristokratlar” o'z sardori uchun 7 million funt (taxminan 8,3 million evro) olmoqchi. Taxminlarga ko'ra, muzokaralar jarayonida "ko'k-anorranglilar" narxni biroz pasaytirishi mumkin.
Sesar Aspilikueta yoz oxirida 33 yoshga to'ladi. Ispaniyalik himoyachi o'n mavsumdan beri "Chelsi"da o'ynamoqda.
Shu vaqt ichida Aspilikueta barcha turnirlarda 474 ta o'yin o'tkazdi. Futbolchi hisobida 17 ta gol va 55 ta golli uzatma bor.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
174