APL futbolchilari mug'ombirlikda ayblanmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 105

Angliya Premer-ligasining 329 nafar futbolchisi soliq to'lashdan bo'yin tovlaganlikda ayblanib, tergov qilinish arafasida.
Bu liga tarixidagi ushbu ko'rsatkich bo'yicha eng ko'p o'yinchilarni tashkil qilmoqda. Bu haqda Britaniyaning The Sun nashri xabar bermoqda.
Buyuk Britaniya daromad va bojxona boshqarmasi (HMRC) va Angliya futbol assotsiatsiyasi (FA) shuningdek, Premer-liganing top-klublaridan birini agentlarga ofshor to'lovlarni amalga oshirgani uchun tekshiruv o'tkazmoqda. Umuman olganda, 31 klub va 91 agent moliyaviy qoidalarni chetlab o'tishda gumon qilinmoqda.
Eslatib o'tamiz, avvalroq Buyuk Britaniya daromadlar va bojxona xizmati (HMRC) 2011-2013 yillar oralig'ida soliq to'lashdan bo'yin tovlaganlikda ayblangan "Nyukasl" klubiga qarshi 6 million evro miqdorida da'vo qo'zg'atgan edi.
Ingliz klubi advokatlari apellyatsiya shikoyati bilan chiqdi va ayblovlar ustidan sudga murojaat qilmoqchi.

Bosh sahifaga
168