Klyuyvert faoliyatini APLda davom ettirishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 136

"Vest Xem" "Roma" hujumchisi Jastin Klyuyvertga qiziqish bildirmoqda, deya xabar beradi La Gazette Dello Sport.
Manba bergan xabarga ko'ra, ingliz klubi "Vilyarreal" hujumchisi Arno Danjuma Gruneveld bilan kelisha olmaganidan so'ng 23 yoshli niderlandiyalik futbolchiga e'tiborini qaratdi.
Klyuyvert o'tgan mavsumda "Nitstsa"da ijara asosida o'ynagan va jamoa safida barcha musobaqalarda 31 o'yinda 6 gol va 6 golga assistentlik qilgan.
Jastin Klyuyvert Gollandiyalik sobiq, "Ayaks", "Milan" va "Barselona" hujumchisi Patrik Klyuyvertning o'g'li.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
169