"Selta" "Sevilya" futbolchisini ijaraga oldi. Transferdan "Real" ham foyda ko'rishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 139

"Selta" "Sevilya" yarim himoyachisi Oskar Rodrigesni ijaraga oldi.
Shartnoma 10 million evroga sotib olish imkoniyati bilan bir yilga mo'ljallangan, deb xabar bermoqda AS.
Manbaga ko'ra, 24 yoshli ispaniyalikning avvalgi klubi "Real Madrid" shartnoma summasining 25 foizini oladi.
Rodriges o'tgan mavsumning birinchi yarmini "Sevilya", ikkinchi yarmini "Xetafe"da o'tkazdi. Yarim himoyachi hisobida 33 ta o'yin va bitta golli uzatma.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
183