"PSJ" Tyuram bilan shartnoma imzolamoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 103

"PSJ" "Nitstsa" yarim himoyachisi Kefren Tyuramga qiziqish bildirmoqda, deb xabar beradi L'Equipe.
Manbaga ko'ra, parijliklar 21 yoshli frantsiyalik futbolchini shu yozda sotib olishlari mumkin. "PSJ"ning yangi bosh murabbiyi Kristof Galte futbolchini "Nitstsa"dagi faoliyatidan biladi.
2021/22 yilgi mavsumda Tyuram barcha musobaqalarda “Nitstsa” safida 41 ta o'yinda maydonga tushib, 4 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt.com portali futbolchining narxini 17 million evroga baholamoqda.
Kefren Tyuram frantsiyalik sobiq himoyachi Lilian Tyuramning o'g'lidir.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
234