"Tottenxem" futbolchisi jamoa bilan Koreyaga uchmaydi. U "Vilyarreal"ga o'tishi kutilmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 146

"Tottenxem" yarim himoyachisi Jovani Lo Chelso "shporlar"ning Janubiy Koreyaga mavsumoldi safari uchun qaydnomasiga kiritilmadi, deya xabar beradi klub sayti.
26 yoshli argentinalik futbolchining doimiy ravishda “Vilyarreal”ga o'tish ehtimoli yuqori. Oldinroq ispan klubi yarim himoyachini 20 million evroga sotib olishi ma'lum bo'lgandi.
Lo Selso o'tgan mavsumda "Vilyarreal" safida 22 o'yinda maydonga tushib, gol va golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
510