“Tottenxem” xavbeki La Ligada qolishga yaqin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 108

Argentinalik yarim himoyachi Jovani Lo Chelso “Tottenxem”ni tark etishga yaqin turibdi.
Ingliz klubi matbuot xizmati xabar berishicha, futbolchi jamoaning mavsumoldi safari uchun arizasiga kiritilmagan.
Yarim himoyachi faoliyatini Ispaniya chempionatida davom ettirishi kutilmoqda. Lo Chelsoga "Vilyarreal" qiziqish bildirmoqda.
"Sariq suvosti kemasi" rahbariyati 20 million evro evaziga futbolchining to'liq transferini tashkil qilishni kutmoqda.
Jovani o'tgan mavsumda "Vilyarreal"da ijara asosida o'ynagandi. Argentinalik futbolchi 22 ta o'yinda qatnashib, bitta gol va bitta golli uzatmaga mualliflik qilgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
468