Ten Xag "Manchester Yunayted"ga talab qo'ydi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 298

Erik ten Xag "Ayaks"ning ikki futbolchisini "Manchester Yunayted"ga sotib olishni talab qilmoqda.
Mankunianliklar himoyachi Lisandro Martines uchun 50 million evro, yarim himoyachi Antoni uchun 60 million evro taklif qilishdi. Amsterdamliklar ikki transferdan jami 125 million evro ishlab olmoqchi. Shu sababli ikkala taklifga ham rozi bo'lgani yo'q.
Qolaversa, "Ayaks" futbolchilarni boshqa klubga qo'yib yuborishdan oldin o'rinbosarlarni topishni afzal ko'radi.
Ayni paytda, "Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ten Xag rahbariyatga Martines va Antoniga taklifni oshirish uchun bosim o'tkazmoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
167